Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan to‘qqizinchi qavatdan yiqilib tushgan yigit haqidagi xabarga izoh berdi.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 21 iyul kuni Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. 23 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning 9-qavati derazasidan o‘zini tashlab, podyezd tomiga urilib, yerga qulagan.
Hodisa oqibatida fuqaro boshi, umurtqa pog‘onasi, o‘mrov suyagi va qovurg‘asi singan holda shifoxonaga olib kelingan. Hozirda u shifokorlar nazoratiga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit 2024-yilda ruhiy salomatlik holatidagi o‘zgarishlar sababli psixiatr va psixolog ko‘rigidan o‘tgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda pensioner ayol uyning tomidan sakragandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari marhumaning ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turganini aniqlagan.