Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda tengedan tashqari barcha valyutalar ko‘tarilgan. 24-iyul kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:
- AQSH dollari — 12 762,53 so‘m;
- Yevro — 14 978,11 so‘m;
- Rossiya rubli — 162,66 so‘m.
Shuningdek, Markaziy bank 23-iyul uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 423 200 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:
- 5 gramm — 7 116 000 so‘m;
- 10 gramm — 14 232 000 so‘m;
- 20 gramm — 28 463 000 so‘m;
- 50 gramm — 71 158 000 so‘m;
- 100 gramm — 142 316 000 so‘m.