Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko‘p yillik tajribaga ega IIO tizimidagi pensionerlarni shartnoma asosida jalb qilish loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Pensionerlar faoliyatini Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan mahallalarda olib boradi. Ichki ishlar organlari yiliga kamida bir marta jinoyatchilik yuqori bo‘lgan mahallalarda profilaktika ishlariga pensionerlarni jalb qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi.
Bunda tanlov ishtirokchilari soni cheklanmaydi. Pensionerlar jinsi, yoshi, dini va boshqa asoslarga ko‘ra hech qanday kamsitishlarsiz ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida ishga jalb etiladi.
Sudlanganlik holati tugallanmagan, psixonevrologiya yoki narkologiya dispanserida hisobda turmagan va ichki ishlar organlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan pensioner nomzod bo‘lishi mumkin.
Profilaktika ishlariga jalb etilgan pensionerlarga bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida pensiya miqdorining 100 foizi miqdorida haq to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, deputatlar jinoyatlarning barvaqt oldini olish tizimini joriy etish, xususan, tayanch punktlari va PPX inspektorlariga yangi vakolatlar berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagandi.