23-iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uzildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.

“RP Oqtosh-2” va “F. Noviy put-2” podstansiyalarida ortiqcha yuklama sababli quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Boyqo‘rg‘on mahallasi, Toshselmash mahallasi, Nafas, Sultonali Mashhadiy, Yangi Bozor, Botkina, Mirzo Ulug‘bek va Muxtor Ashrafiy ko‘chalari.

Hozirda podstansiyalarda yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Elektr ta’minoti 2 soat ichida to‘liq tiklanishi kutilmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.