23-iyul kuni Toshkentning beshta tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • Shayxontohur tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Shayxontohur”, “Janggoh” va “Zafarobod” mahallalarida 14 ta ko‘p qavatli uylar, 35 ta xususiy uylar va 20 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Olmazor tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: Sebzor mahallasidagi ikkita ko‘p qavatli uy;
  • Sergeli tumani, soat 10:00 dan 16:00 gacha: “Qutbaraka”, “Sadoqat”, “Bunyodobod” va “Yangi Bunyodobod” mahallalaridagi 783 ta xususiy uy, 26 ta ko‘p qavatli uy va 22 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Yangihayot tumani, soat 14:00 dan 18:00 gacha: “Choshtepa” va “Mash’al” mahallalarida 220 ta xususiy uy, 3 ta ko‘p qavatli uy va 8 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Uchtepa tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: uchta ulgurji iste’molchi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda birinchi marta yozgi elektr energiyasi iste’moli qishki iste’moldan oshib ketgandi. Shuningdek, kunlik iste’mol bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgan.