Ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda zo‘rlangan qizning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilgani uchun uning hayotini saqlab qolgan shifokorga nisbatan prokuratura tomonidan ish qo‘zg‘atilishi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Idora tarqatilgan ma’lumotlar mutlaqo ishonchsiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida bir necha kishi 15 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Jabrlanuvchi dahshatli jarohatlar bilan kasalxonada yotibdi. Mazkur holat prokuratura, Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olingan.