24-iyul kuni Amur viloyatida “Angara” aviakompaniyasining AN-24 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda favqulodda xizmatlarga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Kema payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:36 da Xabarovskdan uchib ketgan. Samolyot “Xabarovsk–Blagoveshchensk–Tinda” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan, so‘ngra ekranlardan g‘oyib bo‘lgan va Tinda aeroportidan bir necha kilometr uzoqlikda aloqaga chiqmagan.

Tindadan 15 km uzoqlikda yonbag‘irda An-24 qoldiqlari topilgan. Samolyot vayron bo‘ldi. Bortda 46 nafardan 49 nafargacha odam bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim tirik qolmagan.

“Uchdan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan havo kemasi harakati va undan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.