Rossiyaning sobiq bosh sanitar shifokori Gennadiy Onishenko migrantlarni mamlakatga kirishdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda HCN yozmoqda.

Onishchenkoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda muhokama qilinayotgan meningokokk infeksiyasi tarqalishi fonida mamlakatga kirib kelayotgan chet ellik ishchilar ustidan sanitariya nazoratini kuchaytirish kerak. Uning ta’kidlashicha, migrantlar Rossiya iqtisodiyotida, xususan, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida muhim rol o‘ynashda davom etmoqda va shuning uchun davlat ularning yashash sharoitlarini aniq belgilashi kerak.

Onishchenkoning eslatishicha, OIV tarqalgan yillarda Rossiya ishchilar kelgan davlatlar bilan dastlabki tekshiruvni nazarda tutuvchi xalqaro shartnomalar tuzgan. Ba’zi hollarda mamlakat mahalliy hujjatlarga ishondi, boshqa hollarda esa o‘z tekshiruvlarini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, “Adolatli Rossiya” partiyasi yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan noqulay vaziyatdagi mamlakatlardan kelgan muhojirlar uchun karantin joriy etishni taklif qilgandi.