Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi. Maktub matnini prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov keltirdi.

Yaqinda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy–Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida Siz bilan muzokaralar o‘tkazib, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi har qanday sharoitda ham strategik sheriklik munosabatlarini yangi davrda rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab oldik.

Men Xitoy–O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman hamda o‘rtamizda qaror topgan samarali amaliy aloqalar va do‘stlikni yuksak qadrlayman. Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitida hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushidagi Gʻalabasi va Fashizmga qarshi jahon urushidagi Gʻalabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etayotganingiz munosabati bilan Sizni Xitoyda qutlashdan mamnunman.

Xitoy yetakchisi O‘zbekiston prezidentiga mustahkam sog‘lik va farovonlik tiladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagandi. Rossiya yetakchisi O‘zbekiston rahbarining mamlakat ichkarisida va tashqarisida yuksak obro‘-e’tiborga ega ekanini qayd etgan.