Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida bankni o‘yinchoq to‘pponcha bilan tunamoqchi bo‘lgan erkakka oid ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Millar telekanali efirida ma’lum qilindi.
Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u bank bo‘limi kuzatuv kameralari va qo‘riqchilar bilan jihozlanganini bilmagan. Shuningdek, u qilgan ishidan afsusda ekanligini bildirdi. Sudlanuvchining xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bank xodimi sudlanuvchiga nisbatan da’vo arizasi kiritmaganini aytib, unga nisbatan qonunda belgilangan jazo tayinlashni so‘ragan.
Ayblov tomoni erkakni 9 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan. Sud hukmiga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik) bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.