24-iyul kuni Toshkent shahridagi 4 ta podstansiyada ortiqcha yuklanishning oldini olish uchun majburiy quvvat cheklovlari joriy etildi. Bu haqda HET matbuot xizmati xabar bermoqda.
Soat 14:00 holatiga mutaxassislar ayrim transformatorlarning ortiqcha yuklanishini oldini olish va taqsimlash tarmoqlarida yirik avariyalarning oldini olish maqsadida umumiy quvvati 16 MVt bo‘lgan cheklov kiritdi. Cheklovlar quyidagi podstansiyalarga ta’sir qildi:
- “Chilonzor” podstansiyasida — 4 MVt, iste’molchilar: Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari;
- “Qo‘qon” podstansiyasida — 4 MVt, iste’molchilar: Mirobod va Yakkasaroy tumanlari;
- “MJK” podstansiyasida — 4 MVt, iste’molchilar: Mirobod va Yashnobod tumanlari;
- “Risoviy” podstansiyasida — 4 MVt, iste’molchilar: Mirobod va Yashnobod tumanlari.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.