Norma portali 2025-yil 1-avgustdan O‘zbekiston fuqarolari uchun kutilayotgan yangiliklar ro‘yxatini taqdim etdi.
Ish haqi va stipendiyalar oshishi
Yozning so‘nggi oyidan boshlab mamlakatda quyidagilar 10% ga oshmoqda:
- byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari;
- talabalar va o‘quvchilar stipendiyalari.
Portlovchi moddalar bilan ishlash uchun litsenziyalar
Portlovchi va xavfli moddalar hamda portlatish qurilmalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish uchun litsenziyalar berishda, albatta, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishish talab etiladi.
Qoidabuzarlik xabarlari uchun mukofotlar
Endilikda O‘zbekistonda “Geomonitoring” axborot tizimi orqali:
- yer qa’ridan foydalanish qoidalarining buzilishini qayd etuvchi foto va videomateriallarni yuborish;
- taqdim etilgan axborot uchun pul mukofoti olish.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish tizimi joriy etilmoqda.
Tashkilotlar o‘zlari joylashgan hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy holati, imkoniyatlari va malaka darajasini hisobga olgan holda elektron reyestr ma’lumotlari asosida ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yadi.
Oziq-ovqat standartlari
Ularning o‘rniga Alimentarius kodeksi standartlari asosida ustuvor oziq-ovqat mahsulotlari uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish zarur.
Jismoniy tarbiya va TVIni nazorat qilish
Barcha davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunida jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazilishi boshlanadi.
Shuningdek, xodimlarning tana vazni indeksi muntazam ravishda o‘lchanib boriladi va ma’lumotlar hrm.argos.uz platformasida doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.
Bolalar bog‘chasi uchun to‘lov kompensatsiyasi
Kompensatsiya uchun mablag‘lar davlat byudjetidan ajratiladi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi.
Ta’lim
Barcha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’limni boshqarishning yagona axborot tizimida (HEMIS) ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Oxirgi muddat — joriy o‘quv yilining 1-oktyabridan kechiktirmay.