BMT Xalqaro sudi yig‘ilish o‘tkazib, toza atrof-muhitni inson huquqi deb e’lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle yozmoqda.
Xalqaro sud o‘z qarorida toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhit inson huquqi ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, sud raisi Yudzi Ivasova tashkilot global isishni maksimal 1,5 °C gacha cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi.
Ushbu yuridik xulosa majburiy bo‘lmasa-da, ekspertlarning fikricha, u butun dunyo bo‘ylab iqlim jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Qayd etilishicha, kichik orol va rivojlanayotgan davlatlar uzoq vaqtdan beri BMTning oliy sud instansiyasini iqlim muhofazasini xalqaro huquq doirasidagi majburiyat sifatida tan olishga chaqirib keladi.