Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo dastlab issiq bo‘lishi kutilmoqda, keyin esa haroratning uzoq kutilgan pasayishi kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidrometning ob-havo ma’lumotida aytiladi.

Issiqning biroz pasayishiga qaramay, bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha ancha yuqori havo harorati saqlanib turadi: kunduzi 38-40o, janubda 41-43o gacha.

Yakshanba kuni ancha salqin bo‘ladi, havo harorati 34-37o gacha, janubda 38-39o gacha pasayadi. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi. Harorat kunduzi 25-26 iyulda 38-40o, 27 iyulda 35-37o bo‘ladi. Harorat kechasi 22-25o bo‘ladi.