Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda barcha valyutalar narxi tushib ketgan. 28-iyul kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 12 581,73 so‘m;
  • Yevro — 14 764,66 so‘m;
  • Rossiya rubli — 158,34 so‘m.

Markaziy bank 25-iyul uchun oltin o‘lchov quymalari narxini ham yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 420 800 so‘m turadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 7 104 000 so‘m;
  • 10 gramm — 14 207 000 so‘m;
  • 20 gramm — 28 414 000 so‘m;
  • 50 gramm — 71 035 000 so‘m;
  • 100 gramm — 142 071 000 so‘m.