2025-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 5,9 million so‘mdan oshdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.

2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish 17,2% ni tashkil etdi. Toshkent aholisi eng ko‘p maosh oladi — o‘rtacha oylik maosh 10,1 mln so‘m deb baholanmoqda. Ikkinchi o‘rinda Navoiy viloyati — 7,4 mln so‘m, uchinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 5,6 mln so‘m.

Hududlar kesimida statistika quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston — 4,76 mln so‘m;
  • Andijon viloyati — 4,94 mln so‘m;
  • Buxoro viloyati — 4,79 mln so‘m;
  • Jizzax viloyati — 4,48 mln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 4,15 mln so‘m;
  • Navoiy viloyati — 7,49 mln so‘m;
  • Namangan viloyati — 4,35 mln so‘m;
  • Samarqand viloyati — 4,44 mln so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 4,26 mln so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 4,79 mln so‘m;
  • Toshkent viloyati — 5,67 mln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 4,44 mln so‘m;
  • Xorazm viloyati — 4,72 mln so‘m;
  • Toshkent shahri — 10,14 mln so‘m.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Makedoniyaning Kouzon Corporation kompaniyasi kruiz kompaniyalari bilan hamkorlikda mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolagandi. Kelishuv tufayli o‘zbekistonliklar kruiz laynerida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.