Rossiyada kvota asosida ishlayotgan muhojirlar til va tarix bo‘yicha imtihonlardan ozod qilinadi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
RF Federatsiya Kengashi tegishli qonunni ma’qulladi. Endilikda Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan tasdiqlangan kvotalar bo‘yicha mamlakatda ishlayotgan o‘zbekistonliklar ishlash uchun ruxsatnoma olish uchun ariza topshirishda rus tilini bilish, mamlakat tarixi va qonunchilik asoslarini bilishlarini tasdiqlamasliklari kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, qonun Bandlik vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan kasblar ro‘yxatiga muvofiq kasb bo‘yicha ishga joylashtiriladigan malakali mutaxassislar uchun RVP berishda rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish muddatini uzaytirishni ham nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning sobiq bosh sanitar shifokori Gennadiy Onishenko migrantlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash tashabbusi bilan chiqqandi.