Ijtimoiy tarmoqlarda amaldorning yig‘ilish paytida kotiba bilan tiz cho‘kib o‘tirgani aks etgan kadrlar paydo bo‘ldi. Bandlik vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mansabdor Kattaqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i ekan. U bu lavozimda 2023-yil dekabridan buyon ishlab kelayotgandi.
Idoraning ma’lum qilishicha, holat o‘rganilgan, xabarlarda tilga olingan xodimlar ishdan bo‘shatilgan — ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i ish joyida giyohvand moddalar iste’mol qilgandi. Amaldor va uning o‘rinbosari ishdan olindi, ish ochilgan.