Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirgani uchun xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillari, mehnat jamoalari, mahallalar, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari faollari, tadbirkorlarga, mamlakat va xorijdagi barcha vatandoshlarga minnatdorlik bildirdi.

“Mening nomimga yo‘llangan ushbu tabrik va tilaklarni, avvalo, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, dunyo hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizga, yorug‘ kelajagimizga ishonch va e’tibor ifodasi sifatida qabul qilaman”, — dedi prezident.

Prezident barcha tashabbus va dasturlarni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan mard va olijanob O‘zbekiston xalqiga o‘zining beqiyos farzandlik mehri va samimiy ehtiromini alohida qayd etdi.

“Ishonchim komil, el-yurtimizning ulkan yaratuvchilik mehnati, azm-u shijoati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqish bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarga albatta yetamiz”, — dedi davlat rahbari.

24-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘lgani munosabati bilan davlatimiz rahbariga ko‘plab tabriklar yo‘llandi, ularda mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan. Xususan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev,
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon,
  • Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
  • Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
  • Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on,
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
  • Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon,
  • Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux,
  • Yevropa Ittifoqi prezidenti Antoniu Koshta,
  • Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,
  • Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Jorja Meloni,
  • Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar,
  • Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich,
  • Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vazir o‘rinbosari, Prezident Administratsiyasi rahbari Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,
  • Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
  • Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,
  • Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko,
  • Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin,
  • Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev,
  • Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev,
  • Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev,
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon,
  • Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev,
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso,
  • Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef,
  • Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov,
  • Xitoy Eksport-import banki boshqaruvi raisi Chen Xuayuy,
  • Ipak yo‘li fondi raisi Chju Szyun,
  • Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill,
  • Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshozoda,
  • Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer,
  • Fransiyadan Yevroparlament deputati Terri Mariani,
  • AQSH Kongressi a’zolari Trent Kelli va Kerol Miller,
  • Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov,
  • Sankt-Peterburg shahar gubernatori Aleksandr Beglov,
  • Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm.