Toshkentda 25-28 iyul kunlari Shayxontohur tumanida bir tomonlama harakatlanish to‘xtatiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
25-iyul soat 15:00 dan 28-iyul soat 06:00 gacha Beshqayrag‘och va Beruniy ko‘chalari oralig‘ida bir tomonlama harakatlanish to‘liq yopiladi. Ishlar muhandislik tarmoqlarini qurish va montaj qilish bilan bog‘liq.
Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlarni oldindan tanlash tavsiya etildi. Rasmiylar sayohatlarni rejalashtirishda vaqtinchalik cheklovlarni hisobga olishni so‘ramoqda va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘lga metall to‘siqlar o‘rnatish loyihasini moliyalashtirishni ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. Endi bu ishlarga qariyb 7 milliard so‘m sarflanadi.