25 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida rossiyalik jurnalist Inessa Papernaning o‘limiga oid ish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti sudyaga tayanib yozmoqda.
Papernayaning jasadi 2024-yil 22-oktyabr kuni Karaman Palace Hotel mehmonxonasining xonalaridan birida topilgan. Yana bir xonadan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. Sud-kimyo ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Papernayaning qonida gemoglobin va is gazi birikmasi topilgan.
Sud mehmonxona egasi Azamat Xo‘jaqulovni Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “a” bandi va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Santexnik Nodirbek Qurbonov, isitish uskunalari sotuvchisi Zayniddin Jamoldinov va Abdurasul Yusupov “O‘zboshimchalik” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, har biriga 3 yildan qamoq jazosi tayinlandi.
Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchilardan Radchenkoning qarindoshlari foydasiga 60,68 million so‘m, Papernayaning qarindoshlari foydasiga ekspertiza o‘tkazish va halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga olib kelish uchun sarflangan xarajatlar uchun 67,58 million so‘m undiriladi.