25-iyul kuni Toshkentning Mirobod tumanidagi qator manzillarda gaz ta’minoti uzilishi kutilmoqda. Bu haqda Hududgaz Poytaxt yozmoqda.

Mutaxassislar ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 14:00 dan 17:00 gacha “Mehrjon” ko‘chasidagi quyidagi obyektlarda gaz ta’minoti o‘chiriladi:

  • ulgurji iste’molchilar — 11 ta;
  • xususiy uylar — 2.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Gaz ta’minoti filiali keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent HET podstansiyalarda ortiqcha yuklanishning oldini olish uchun majburiy quvvat cheklovlari joriy etilgani haqida xabar bergandi.