Afg‘onistonning Qandahor viloyatida ayollar yonida erkak hamroh borligini tasdiqlovchi maxsus hujjat — “mahramlik kartasi”ni olib yurishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Amu TV yozmoqda.
Ayol va uning mahramining (eri, otasi, akasi yoki o‘g‘lining) ma’lumotlari ko‘rsatilgan hujjatsiz ayollarning ishga chiqishi taqiqlanadi. Ba’zi hollarda erkak kishidan kun bo‘yi ofisda shaxsan bo‘lish talab qilinadi.
“Mahram kartasi”ni rasmiylashtirish uch kungacha davom etadi va to‘rt xil tuzilma bilan kelishishni o‘z ichiga oladi: diniy idora, xavfsizlik organlari, mahalliy kengash va ish beruvchi.