O‘zbekiston terma jamoasi vakilasi Arina Tanatmisheva baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 18 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hamyurtimiz Portugaliyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida U-23 yosh toifasida 1 000 metrga yugurish bahslarida ishtirok etdi.
Sportchi marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.