Xavfsizlik kengashining uch nafar mansabdor shaxsi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident farmoni bilan Tal’at Shuhratovich Valiyev Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Prezident farmoniga muvofiq administratsiyada:

  • Bahodir Baxtiyorovich Mahmudov Xavfsizlik kengashi apparatining Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlar bajarilishini ta’minlash va xalqaro gumanitar hamkorlik sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
  • Shovqiddin Abduvaliyevich Qarshiyev Xavfsizlik kengashi apparatining Davlat chegarasi xavfsizligini ta’minlash va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sektori bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.