2024-yilda Yaponiya ayollar o‘rtasida umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha 40-marta jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda NHK xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yapon ayollarining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 87,13 yoshni tashkil etgan. Erkaklarda bu ko‘rsatkich 81,09 yoshga yetdi. Bu borada Yaponiya jahonda Shvetsiya, Shveysariya, Norvegiya va boshqa davlatlardan keyin oltinchi o‘rinda turadi.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan deyarli o‘zgarmagan: umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha farq erkaklarda 0,00 foizni, ayollarda esa 0,01 foizni tashkil etgan.