AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimi tuzganini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari Oq uyning jonli efirida ma’lum qildi.

Shartnoma Donald Tramp va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘rtasida Shotlandiyadagi muzokaralardan so‘ng imzolandi.

AQSH va Yevropa Ittifoqi ittifoq mamlakatlari AQShdan 750 milliard dollarlik energiya resurslarini sotib olishga kelishib oldi. Yevropa Ittifoqi Amerika iqtisodiyotiga 600 mlrd dollarga yaqin sarmoya kiritadi.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, yaqin orada YI AQShdan “juda ko‘p miqdorda harbiy texnika” sotib oladi. Shuningdek, tomonlar avtomobillar uchun 15 foiz miqdorida yagona tarif bo‘yicha kelishib oldilar.