Namangan viloyatida ikki nafar maktab o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat FVB ma’lum qildi.

23-iyul kuni soat 13:48 da “112” yagona dispetcherlik markaziga cho‘kib ketgan bolalar haqida ma’lumot kelib tushgan. Maktab o‘quvchilari Namangan tumani “Mirishkor” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanalida cho‘milishdi.

Bolalardan birining jasadi ikki kundan keyin topilgan. Ikkinchisi — 2009 yilda tug‘ilgan — besh kundan beri qidirilmoqda.

“Ayni paytda Namangan, Chust va Pop tumanlari favqulodda vaziyatlar bo‘limlari qutqaruv otryadlarining g‘avvoslari suvda va suv ostida qidiruv ishlarini davom ettirmoqda”, — deyiladi FVB xabarida.