O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarini 15 ta medal bilan yakunladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sportchilar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi 18 ta oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan 53 nafar sportchidan iborat tarkibda sportning 11 turi (kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, suzish, stol tennisi, taekvondo WT va tennis) bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etdi.