O‘zbekistonda o‘z qizini zo‘rlagan erkak sudlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Dastlab jabrlanuvchi indamagan, biroq ijtimoiy ish xodimi tomonidan boshlangan tibbiy ko‘rik davomida hodisa aniqlanib, tergov boshlangan.

Voqea tafsilotlari aniqlangandan so‘ng, qiz oilaviy bolalar uyiga yuborilgan, so‘ngra onasining qaramog‘iga o‘tkazilgan.

Ayni paytda unga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

24-iyul kuni sud otasiga nisbatan hukm chiqardi. U Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi (Nomusga tegish) bilan aybdor deb topildi. Erkakka 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.