23-iyul kuni Qoraqalpog‘istonda bir ayol ikki farzandi bilan cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Fojiali voqea taxminan soat 15:00 da sodir bo‘lgan. Erkak turmush o‘rtog‘i, farzandlari va jiyanlari bilan Oqchako‘l ko‘liga kelgan. Ular qayiqda sayr qilmoqchi bo‘lishdi.
Fuqaro qayiqni suvga tushirdi, xavfsizlik choralariga e’tibor bermaslik oqibatida u ag‘darilib ketdi. Ayol va voyaga yetmagan bolalar halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.