O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasidagi tadbirkorlar xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha ham kompensatsiya olishlari mumkin. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.
Kompensatsiya kredit bo‘yicha foiz stavkasining 6 foizlik punktdan oshgan, biroq 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismiga beriladi.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvarga qadar to‘qimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularning hududida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadi.

To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va boshqa materiallar 2027-yil 1-yanvargacha import qilinganda bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi;

to‘qimachilik sanoat zonalari hududida qurilayotgan ishlab chiqarish binolari va inshootlari tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi.