Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Airbus’ning Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelissi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, aviaparkni modernizatsiya qilish va sayyohlar oqimini rag‘batlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri Toshkent davlat transport universiteti va Airbus kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Makedoniyaning Kouzon Corporation kompaniyasi kruiz kompaniyalari bilan hamkorlikda mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolagandi.