28 iyul kuni Nyu-Yorkda qurollangan erkak ofis binosida otishma uyushtirdi. Bu haqda AP yozmoqda.

Miltiq ko‘targan erkak bino vestibyulida o‘t ochgan, shundan so‘ng liftga kirgan. U 33-qavatga ko‘tarilib, yo‘lakdan o‘tgan va o‘q uzgan, so‘ng ko‘kragiga o‘q uzgan.

Politsiya hujum qilgan shaxsni aniqladi, u 27 yoshli Las-Vegas fuqarosi Sheyn Tamura bo‘lib chiqdi. Unda “ruhiy buzilishning hujjatli tasdiqlangan tarixi” bo‘lgan, jinoyat sababi hozircha noma’lum.

Hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, ular orasida bir politsiyachi ham bor. Bir necha kishi jarohatlangani, bir fuqaro og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.