Bosh vazir Mixail Mishustin 2025-yil 31-avgustgacha benzin eksportini to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar bermoqda.

Benzin eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bevosita neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ham taalluqli. RF hukumati bu qarorni yuqori mavsumiy talab va qishloq xo‘jaligi dala ishlari davrida ichki yoqilg‘i bozoridagi barqaror vaziyatni saqlab qolish bilan asosladi.

Benzin eksportiga taqiq Rossiya bozorida yoqilg‘i narxining keskin oshishi fonida qabul qilindi. 24-iyul kuni Sankt-Peterburg birjasida AI-95 benzini narxi tonnasi uchun 76,3 ming rubldan oshdi va 2023-yil sentyabr oyidagi tarixiy maksimal darajaga yaqinlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda O‘zbekistonda Rossiya benzinini eksport qilish taqiqlanishi fonida AI-92 narxi “ko‘tarilgandi”.