29-iyul kuni Toshkentning Yangihayot tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu sababli soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- “Choshtepa” mahallasida 68 ta xususiy uy va 2 ta ulgurji iste’molchi.
Avvalroq Toshkent hokimligi aholi xonadonlariga aqlli suv hisoblagichlari o‘rnatilishini ma’lum qilgandi. Dastlabki sinovlar poytaxtning Shayxontohur tumanida muvaffaqiyatli o‘tkazildi. O‘rnatish bepul amalga oshiriladi.