O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat darajasida vakolatlarni qayta taqsimlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi qonun loyihasida ilgari hokimliklarga biriktirilgan 28 ta funksiyani o‘tkazish, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlari tahlili natijasida aniqlangan 33 ta qo‘shimcha vakolatlarni joriy etish nazarda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, ilgari hokim mahalliy ijro etuvchi va vakillik hokimiyati rahbari vakolatlarini birlashtirgan. Endi bu yondashuv o‘zgarmoqda — “Kuchli Kengash, hisobdor hokim” tamoyili joriy etilmoqda.
Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma’qulladilar.