O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda piyodalar o‘tish joyi paydo bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Nurafshonda svetofor o‘rnatildi. O‘tish joyi piyodalar uchun mutlaqo xavfsiz, chunki tizim yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘lni kesib o‘tayotgan odam haqida oldindan xabardor qiladi.
“Tizim kutilgan natijani ko‘rsatsa, kelgusida viloyatning boshqa tumanlarida, shuningdek, respublika hududlarida ham joriy etish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.