Polkovnik Abduvosit Abdurazzoqov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Buyruqni Ichki ishlar vaziri Azizbek Toshpo‘latov yuborgan. Ushbu lavozimda Abduvosit Abdurazzoqov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan Tohir Oripov o‘rnini egalladi.
Tayinlovga qadar Abduvosit Abdurazzoqov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.