Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosining ifloslanishi haqida ma’lumot tarqaldi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.
Fotograf Yevgeniy Chubkoning yozishicha, daryodagi suv qora va sassiq bo‘lib qolaveradi, sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida toza va ifloslangan hududlar o‘rtasidagi farq ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Eni bir necha metr keladigan ariqdan daryoga ko‘p yillardan beri badbo‘y suyuqlik quyilib, uni binafsha va qirmizi rangga bo‘yaydi.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda murojaatni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
Hozirda boshqarmaning Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Chirchiq daryosidan tahlil uchun namunalar olingan.
Joriy yilning avgust oyida “Toshkentsuvta’minot” AJning Qibray tumani bo‘limi bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkaziladi. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, ekologiya inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Chirchiq daryosida noqonuniy chiqindixona aniqlangandi.