31-iyul kuni O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Davlat rahbari farmoni bilan Karimova E’zozxon Gapirjanovna O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Avvalroq Karimova nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyul kuni Hilola Umarova Prezident administratsiyasi rahbarining ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tishi munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimini tark etgandi.