30-iyuldan 30-avgustga qadar O‘zbekistonda “Vatanga qaytish” xayriya aksiyasi boshlandi.

Ushbu tashabbus chet elda qiyin sharoitda qolgan vatandoshlarimizga vatanga qaytishga yordam berishi, shuningdek, ularning O‘zbekistonda samarali reintegratsiyasiga ko‘maklashishi kerak.

Murojaat uchun Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yoki 12-82 raqamiga murojaat qilish lozim.

Aksiya Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar va Bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan tashkil etildi.