30-iyul kuni prezident administratsiyasida keng ko‘lamli kadrlar o‘zgarishi yuz berdi. Bu haqda prezidentlarning tegishli farmonida aytilgan.

Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan.

Po‘lat Razzaqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Galina Karimovna Saidova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;

Abdusalam Abdumavlanovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Rustam Tuychiyevich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi;

Javlon Abdujalolovich Vaxabov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari — Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlandi;

Baxodir Xamidovich Tashmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi agrar sohada ishlab chiqarish, daromadlarni ko‘paytirish hamda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Ulug‘bek Umaraliyevich Xanayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Bosh yuriskonsult lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – Bosh yuriskonsult lavozimidan ozod etildi;

Eldor Otamurodovich Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yer munosabatlari va xususiy mulkni himoya qilish sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Aziz Xasanovich Azimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shoʻbasi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi;

Sergey Nikolayevich Gordeyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ichki ishlar va bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Gulruxsor Kudratovna Xatamova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Farrux Farxodjonovich Omonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot ta’minoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Rustam Ravshanovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati kompleks axborot-targ‘ibot va mafkuraviy tadbirlarni amalga oshirish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Fatxiddin Fazliddinovich Muxiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Xusniddin Kamalitdinovich Xashimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti Administratsiya faoliyatining axborot ta’minoti shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

O‘lug‘bek Rauf o‘g‘li Normatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shoʻbasi yetakchi konsultanti lavozimidan ozod etildi;

Ulug‘bek Shuxratjonovich Xusainov Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Oybek Ulugbekovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishlar boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti xo‘jalik faoliyati shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Nozimaxon Eldarovna Davletova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti — Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimiga tayinlandi.