Toshkent viloyatida ayol va uning onasini vahshiylarcha o‘ldirish ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Millar reportajida aytiladi.

Jinoyat Chinoz tumanida sodir bo‘lgan. Ayblanuvchi xotini va qaynonasi oldiga kelib, ularga pichoq bilan hujum qilgan va ko‘plab jarohatlar yetkazgan. Ayollar voqea joyida vafot etgan. Ayblanuvchi qotillik sababini rashk deb atadi.

Sud harakatlarni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, j, o, r” bandlari (Boshqa jinoyatni yashirish maqsadida ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish va h.k.) bilan kvalifikatsiya qilib, 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatining Peshku tumanida erkak xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgandi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan “Qasddan odam o‘ldirish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.