31-iyul kuni Toshkentning to‘rtta tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi.

Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • Sergeli tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Ziyolilar”, “Ko‘hna Qumariq” va “Eski Jaloyir” mahallalaridagi 678 ta xususiy uylar, 8 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Yangihayot tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Fayzli” mahallasida 78 ta xususiy uy va uchta ulgurji iste’molchi;
  • Uchtepa tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Zarafshon” mahallasida 4 200 ta xususiy uy, 2 ta ko‘p qavatli uy va 30 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Chilonzor tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Novza” mahallasida 17 ta ko‘p qavatli uy va uchta ulgurji iste’molchi.