Toshkentning Sergeli tumanida 31-iyul kuni ko‘p qavatli uyning chordog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Navro‘z ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida soat 12:58 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:17 da yetib borgan. Yong‘in soat 13:38 da qurshab olingan va soat 13:59 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, mutaxassislar yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Asaka tumanida xususiy uyda tashkil etilgan mahalliy avtoservisda yong‘in sodir bo‘lgandi. Bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlangan.