Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida kadrlar o‘zgarishi yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Adliya katta maslahatchisi Muhammadjon Nabijonovich Ro‘zmatov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, o‘z xohishiga ko‘ra prokuratura organlaridan bo‘shatildi. Ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmoyishni Bosh prokuror imzoladi.
Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi Inoyat Shukurov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini tark etdi.