O‘zbekistonda 1-avgustdan talabalarning yotoqxonalarga joylashish uchun arizalarini qabul qilish boshlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining reglamentida aytilgan.

Nizomga muvofiq, imtiyoz va ustuvor huquqqa ega bo‘lgan abituriyentlar birinchi navbatda yotoqxonalarga joylashtiriladi.

Keyin qolgan o‘rinlar umumiy ro‘yxatdagi talabalar o‘rtasida navbat bilan quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-kurs talabalari uchun — 55-65%;
  • 2-kurs talabalari uchun — 15-20%;
  • 3 va undan yuqori kurs talabalari uchun — 20-25%.

Arizalarni qabul qilish o‘quv yili oxirigacha davom etadi. Ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan talabalar yotoqxonada bepul yashashi mumkin bo‘ladi.