Shohrux Aminov Qoraqalpog‘iston prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi tegishli qaror qabul qilgan.

Bunga qadar Shohrux Aminov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari, avvalroq Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyul kuni O‘zbekiston rahbari Prezident Administratsiyasida keng ko‘lamli kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan o‘nlab tayinlovlar amalga oshirildi.