Rossiyaning Omsk shahrida o‘zbekistonlik 33 yoshli migrant 16 yoshli maktab o‘quvchisiga hujum qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Voqea 30-iyul kuni Magistralniy qishlog‘i ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi o‘tib ketayotgan maktab o‘quvchisini quvib yetib, unga nisbatan jinsiy xatti-harakatlar sodir etgan.

Qiz qochishga muvaffaq bo‘lgan va buvisining uyiga yetib borgan, shundan so‘ng u yordam so‘ragan. Keyinroq erkak qo‘lga olingan. Gumonlanuvchi 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Shchelkovo shahrida o‘zbekistonlik muhojir qo‘llarini silkitishni tajovuzkorlik belgisi sifatida qabul qilib, eshitish qobiliyati cheklangan erkakni o‘lasi qilib kaltaklagandi. Unga 15 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.